HARAKAT QILGAN MAQSADIGA ERISHADI (1/2011)

- Habibullo, siz ko‘pchilik orzu qiladigan oliy o‘quv yurtiga, ya’ni Singapur menejmentini rivojlan-tirish instituti (MDIS)ning Toshkentdagi filialiga,  o‘qishga kirishga erishdingiz. Bu muvaf-faqiyatga qanday erishganligingiz va o‘qishga tayyorlanishdagi “sirlar”ingiz  to‘g‘risida biz bilan  o‘rtoqlashsangiz. 

- Men yoshligimdan, aniqrog‘i o‘rta maktabning  5-sinfida o‘qib yurgan kezlarimdan, ingliz tili faniga qiziqa boshlaganman. O‘quv kursla-rida “Headway” kitobi asosida 5 ta bosqichli ingliz tili kursini tugat-ganman. Kursni tugatishim  9-sinfda-ligim davriga to‘g‘ri kelgan.  2007-yili Prezidentimiz qarori bilan Toshkentda Singapur menejmentini rivojlantirish institutining filiali ochil-ganligini eshitdim. Institutning qabul tartiblari bilan tanishib chiqib, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshladim. Ikki yil davomida bu ish bilan shug‘ullandim. Mehnatim zoye ketmaganligidan,albatta, xursandman. 

Habib

- Singapur menejmentini rivojlantirish instituti (MDIS)ning qabul tartiblari to‘g‘risida bizni ham xabardor qilsangiz. 

- Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun faqat “IELTS” dasturi bo‘yicha  test sinovi topshiriladi. 5,0  va undan yuqori ball to‘plagan abituriyetlar to‘lov- kontrakt asosida  o‘qishga qabul qilinadi. Grantning qabul bali har yili har xil bo‘lishi mumkin. Masalan,  o‘t-gan yili  7,0 ballni tashkil etdi. Institu-timizga o‘tgan yili 60 tacha o‘quvchi grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Rasmiy  “IELTS” dasturi bo‘yicha  test sinovi topshiriladigan joylarda va  Britaniya kengashida  to‘plangan ballar asosida ham o‘qishga qabul qilinadi.

- Westminster institutiga ham o‘qishga kirgan ekansiz. Westminsterdagi qabul bilan Singapur menejmentini rivojlanti-rish instituti (MDIS)dagi qabul shartlari orasida  farq  bormi?

- Albatta, farq bor. Masalan,  Westministerda to‘lov- kontrakt asosida o‘qishga kirish bali 5,5 ball. Undan tashqari, matematika fanidan ham test topshiriladi. Matematikadan test  ingliz tilida bo‘ladi.

- “IELTS” dasturida yuqori ball to‘pladingiz, lekin Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kirish imtihonidan kamroq ball to‘plashingizning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga uchta fandan imtihon topshiriladi. Matema-tika fanidan 34 ta, Ingliz tilidan 32 ta savolni yechdim, lekin rus tilini yaxshi bilmasligim pand berdi.  Shu bois ham shartnoma  asosida o‘qishga qabul qilindim.   

- Ko‘pchilik abituriyentlarni Singapur menejmentini rivoj-lantirish instituti (MDIS)dagi o‘quv jarayoni qiziqtiradi.  Bizga bu to‘g‘risida ham so‘zlab bersangiz. 

- Institutda  hamma darslar ingliz tilida olib boriladi. Darslarni asosan xorijdan  kelgan malakali mutaxassis o‘qituvchilar olib borishadi. 1-kurs  hamma talabalar uchun  bir xil, ya’ni fundamental darslar o‘tiladi. Shu bilan birga  1-kursda fakultet bo‘lmaydi. Kurs oxirida esa talabalar oltita fakultetdan birini tanlashadi. Bu fakultetlar haqida oldindan o‘qituv-chilar tushuncha berishadi. Lekin  tanlash imkoniyati talabaning o‘zida qoladi. 

Institutda quyidagi fakultetlar mavjud: biznes va marketing, bank ishi va moliya, tadbirkorlik va boshqaruv, buxgalteriya ishi va moliya, biznesda informatsion texnologiyalar hamda turizm va servis.

-Siz qaysi fakultetni  tanlamoqchisiz?

-Hali bir qarorga kelganim yo‘q. Albatta, har bir fakultetning o‘ziga jalb qiluvchi jihatlari bor. Balki kurs oxirida o‘qituvchilarim  ber-gan ko‘rsatma va maslahatlar fakul-tetni tanlashimda yordam berar. 

- Mazkur oliy o‘quv yurtida  o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar ko‘proq nimalarga e’tibor berishi kerak,  deb o‘ylaysiz?

- Ular ingliz tilida gaplashadigan muhitda ko‘proq bo‘lishi kerak. “IELTS” dasturi bo‘yicha   test sinovida eshitish, ingliz tilida gaplashish sinovlari ham mavjud. Shu sababli, abituriyentlar ingliz tilidagi filmlarni ko‘proq ko‘rishlari,  tushunmay qolgan joylarini qayta-qayta  ko‘rishlari, o‘rtoqlari bilan imkon qadar ingliz tilida suhbatlashishlari maqsadga muvofiqdir. 

- Abituriyent do‘stlaringizga tilaklaringiz.

- Abituriyent  oldiga bitta maqsadni  qo‘ydimi, unga  erishmaguncha harakat qilishi  kerak. Unga maqsadga erishish imkoniyati albatta, beriladi. Abituriyentlar imtihonni o‘ylab siqilgandan ko‘ra tayyorlanishda davom etgani ma’qul.  Harakat qilgan albatta,  maqsadiga erishadi.

0 ta izoh

There are no comments