DUNYODA OSON ISHNING O‘ZI YO‘Q (2/2011)

- Nasiba, Sizni kopchilik abituriyentlarning azaliy orzusi-oliy oquv yurtining talabasi bolish baxtiga musharraf bolganligingiz bilan samimiy qutlaymiz va  bu muvaffaqiyatga erishishda, asosan, nimalarga etibor berganligingiz haqida bizga sozlab bersangiz. 

- Tabrik uchun katta rahmat!  Shuni aytishim kerakki, abituriyentlik davri boshqa davrga nisbatan ancha mas’uliyatli hisoblanadi. Buni oliy o‘quv yurtiga kirganlar yaxshi bilishadi. Sababi,  bu paytda talabalik davri singari yengil nafas olish yo‘q. Masalan, ayrim tengqurlarimiz televizor ko‘rishadi, bemalol dam olishadi yoki o‘rtoqlari bilan sayrga chiqishadi. Abituriyentlar esa vaqtinchalik bundan mosuvo bo‘lishadi. Agar ulardan  vaqtinchalik voz kecha olmasak, orzularimizni kechiktirishga to‘g‘ri keladi.

Poytaxtimizdagi Navoiy nomli o‘quv markazi o‘qituvchilaridan minnatdorman.  Sababi abituriyentlik chog‘larimda markaz o‘qituvchilarining  bergan ta’limlari,  qimmatli  nasihatlari va o‘gitlari menga juda qo‘l keldi. U yerda olgan bilimim va shu bilan birga o‘zimning jiddiy tayyorgarligim  hisobiga grant asosida o‘qishga qabul qilindim.

Nasiba

- Sizning fikringizcha, abituriyentlik va talabalik davri orasida farq bormi, agar bo‘lsa, ular nimalardan iborat?  

- Ikkalasining orasida juda katta farq bor ,deb o‘ylayman. Masalan, abituriyentlik paytida odam faqat talaba bo‘lish umidi bilan yashaydi. Go‘yo, talaba bo‘lmasa hayot to‘xtab qoladiganday. Lekin talabalikka erishgach, ishlari yanada ko‘payadi, mas’uliyati ortadi. Oldingidan-da ko‘proq harakat qilish, mehnat qilish lozimligini anglab yetadi. 

- Ulardan qaysi biri yengilroq deb o‘ylaysiz?

- Albatta, talabalik davri yengilroq. Chunki, bu paytda olgan bilimimizni talabalik davridagina mustahkamlay boshlaymiz. Abituriyentlik paytida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lamiz, xolos.  Bundan tashqari, kirish imtihonlarini topshirishda oldindan qanday savol tushishini bilmaganligimiz sababli, barcha ma’lumotlarni to‘liq o‘zlashtirishga majbur bo‘lamiz. Oliy o‘quv yurtidagi imtihonlarda esa yarim yillik, ko‘pi bilan bir yillik fanlardan imtihon topshiriladi. Lekin mas’uliyati kuchli bo‘ladi. Sababi imtihonlarni vaqtida topshirol-masak, kursdan kursga o‘tolmaymiz. 

- Ko‘pchilik yoshlar nimagadir o‘qituvchilik kasbini tanlashni unchalik xohlash-maydi. Balki bu juda mas’uliyatli mutaxassislik bo‘lgani uchundir. Agar sir bo‘lmasa, aytingchi, sizni bunday kasbni tanlashingizga nima undadi?

- Avvalo, oilamdagilar meni shifokor yoki o‘qituvchi bo‘lishimni istashgan. Shu bilan birga, onam va opam o‘qituvchi bo‘lishganlari sababli ham yoshligimdan ularga havasim kelib, shu kasbni tanladim. Lekin afsuslanmayman. 

- Bu kasbning qiyinchiliklari haqida ilgari o‘ylaganmidingiz?

- Shaxsan men ushbu mutaxassislik haqidagi qiyin degan tushunchadan yiroqman. Aslida hayotda oson ishning o‘zi yo‘q. Yaxshi mutaxassislikni egallash uchun  har birimiz shu maqsad yo‘lidagi qiyinchiliklarni bosib o‘tishga majburmiz. Mening hayotdagi  maqsadim esa eng yaxshi o‘qituvchi bo‘lish, kelgusida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish. Bu yo‘ldagi har qanday mashaqqatlarni yengishga tayyorman.

- Ko‘pchilik abituriyentlar kirish imtihonlari yaqinlashgani sayin oliy o‘quv yurti yoki fakultetlarinini tanlash tashvishiga tushishadi. Shunday yoshlarga o‘zingiz ta’lim olayotgan universitet va fakultet to‘g‘risida  batafsil ma’lumot bersangiz.

Fakultetimizda uchta yo‘nalish mavjud. Bular: o‘zbek tili, notiqlik va nutq madaniyati hamda  san’atshunoslik.  Yo‘nalishlarni, albatta, kirish imtihonlaridan oldin tanlash kerak. Mutaxassislikka oid fanlar birinchi kursdan boshlab o‘rgatiladi.

Fakultetimizda zamonamizning mashhur insonlaridan Ozod Sharafid-dinov, Erkin Vohidov va Abdulla Ori-povlar tahsil olishgan. Shu bois, fakultetimizning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni beqiyos. Men ushbu universitetda tahsil olayotganligimdan faxrlanaman! 

- Abituriyent do‘stlaringizga qanday tilaklaringiz bor?

- Ularning hammasiga kirish imtihonlarida omad kulib boqsin. Astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan, izlanayotgan abituriyentlarga  mehnatlarining rohatini ko‘rishlariga tilakdoshman.

 

Oydin ZOKIROVA suhbatlashdi.

0 ta izoh

There are no comments