AVIATSIYA FAKULTETI (1/2011)

Toshkent Davlat texnika universitetining aviatsiya fakultetida samolyotlardan foydalanuvchi, ularning ta’miri, ishlash jarayonlarini boshqaruvchi mutaxassislar tayyorlanadi. Fakultetda uchish apparatlari texnikasiga, ularning boshqarishiga o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar o‘zlarining bu mutaxassislarga  qiziqishlari ham bo‘lishi lozim. Aks holda o‘qish biroz  qiyin bo‘ladi. Fakultetda o‘qish to‘rt yildan iborat.  Aviatsiya sohasi muhandislarining ham ba’zi mutaxassislar kabi  xato qilishga haqqi yo‘q. Mazkur kasbning kichik bir xatosi bir necha kishining umriga zomin bo‘lishi mumkin. Shu sababli ham samolyotdagi apparatlarning har bir detali atroflicha sinovdan o‘tkazilishi  shart. 

Endi  sizlarni fakultetlar  bilan tanishtirishdan  boshla-sak.Universitetda hammasi bo‘lib  to‘rtta fakultet   bor.

1. Aviasozlik va raketa texnikasi yo‘nalishi talabalari uchish apparatlarining tuzilishi, ishlash prinsiplari, unga tashqi ta’sirlar va ulardan qochish usullarini o‘rganishadi. Umuman olganda uchish apparati qanday ta’sirlar yordamida uchishi, qaysi detal qanday vazifani bajarishi  va shu kabilar talabalarga o‘rgatiladi. 

 Bu yo‘nalishga  o‘tgan yili 7 ta abituriyent davlat granti asosida, 12 ta abituriyent esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.  Ushbu yo‘nalishning  talabasi bo‘lish uchun matematika, fizika,  ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

2. UA va dvigatellar texnikasidan foydalanish yo‘nalishi talabalarining asosiy kasb yo‘nalishi uchish apparatlarining dvigatellariga qaratilgan.  Dvigatellar va uchish apparatlarini harakatga keltiruvchi omillar, ulardagi kamchiliklarni topish va bartaraf etish, xullas, uchish apparatini parvozga shay holga keltirish mazkur  soha egalarining vazifasi hisoblanadi. 

Ushbu yo‘nalishga o‘tgan yili  11 ta abituriyent davlat granti asosida, 25 ta abituriyent esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan.  Mazkur yo‘nalishning  talabasi bo‘lish uchun  matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

Samalot

3. Havodagi harakatni boshqarish yo‘nalishini bitirgan mutaxassislarning asosiy ish joylari aeroportlar va dispetcherlik maskanlari hisoblanadi.  Ular havo karidorlarining holati, u yerdagi uchish apparatlarining tezligi, uchib o‘tish vaqti, shuningdek,  barcha harakatlarni boshqarib turishadi. 

 

Mazkur  yo‘nalishga o‘tgan yili   7 ta abituriyent davlat granti asosida, 11 ta abituriyent esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan. Yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun ingliz tili, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

4. UA va aeroportlarning radioelektron jihozlaridan foydalanish yo‘nalishi.  Havoda uchayotgan havo kemasi yer bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi. Aks holda ularning harakat xavfsizligi yo‘qoladi. Bu aloqa , tabiiyki ,radioelektron jihozlar orqali amalga oshiriladi. Kichik bir signalning yo‘qolishi  yoki uni qabul qilina olmasligi anchagina ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Demak, bu yo‘nalish muhandislari ushbu jihozlardan qanday foydalanish va aloqaga  chiqishni o‘rganish bilan birgalikda ularning kamchiliklarini bartaraf etishni ham o‘rganishadi. 

Mazkur yo‘nalishga o‘tgan yili  15 ta abituriyent davlat granti asosida, 26 ta abituriyent esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan. Ushbu  yo‘nalishning talabasi bo‘lish uchun matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi.

Biz yuqorida keltirgan  ma’lumotlar batafsil  bo‘lmasa ham, sizning maqsadingizni amalga oshirishda  biroz  bo‘lsa-da, yordam berishiga ishonchimiz komil.  Kelgusi sonimizda esa Farmatsevtika institutining fakultetlari haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.  

Ma’ruf MELIBOYEV

1 ta izoh

  1. Gravatar

    Admin, Havodagi harakatni boshqarish yo'nalishining 1-blogi fizikami, yo ingliz tili?