BUXGALTERLIK–ZARUR MUTAXASSISLIK (24-25/2011)

Hozirgi kunda yurtimizda turli korxonalar, firma va kompaniyalar  ko‘payib bormoqda. Ularning faoliyat turi qanday qat’i nazar, albatta, hisobchiga ega bo‘lishi shart.  Shu bilan birga, jamoalarning rivojlanishi buxgalterga ham bog’liq. 

Buxgalter amaldagi qonunlar doirasida korxona va tashkilot-larning  hisob-kitobini olib boradigan mutaxassis hisobla-nadi. Uning asosiy vazifasi o‘z vaqtida davlat oldidagi  soliqlarni to‘lash va ularni hisoblash, tegishli tashkilotlarga o‘z jamoasi to’grisida  hisobot topshirish, korxonaning mijozlari hamda unga xizmat ko‘rsatuvchilar bilan moliyaviy hisobotlarni olib borish hisoblanadi. 

Buxgalter

Shuningdek, buxgalterlar kassa, inventarlar, valyuta operatsiyalari, oylik maoshlarni  hisoblash va ombor yo‘nalishlari bo‘yicha ham ishlashadi. Bularning hammasini nazorat qilish bosh buxgalterda bo‘ladi. Kichik korxonalarda esa yuqoridagi ishlarning barchasini faqat  bitta buxgalter amalga oshiradi.  

 

Hisobotni to‘liq olib boradigan, soliq muammolarini bir o‘zi hal qiladigan yuqori saviyali buxgalter korxona yoki kompaniyaning eng zarur mutaxassislaridan biridir. Faqat unda juda katta mas’uliyat bo‘ladi. Ishidagi  kichik bir xato uchun ham u javobgar bo‘ladi. 

Buxgalter faoliyati avvalo,  ish beruvchi,  ya’ni korxona boshlig‘i tomonidan nazorat qilinsa,  keyin Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror va me’yoriy hujjatlar bilan muvofiqlashtirib turiladi. Shu bois ham qarorlarni to‘g‘ri ijro etish  va amalga oshirish buxgalter zimmasida bo‘ladi. Buxgalter yuqoridagi muassasalar, xususan, soliq idorasi bilan doimiy muloqotda bo‘lishi shart.  

Bu kasb egalarining fikrini doimo kompaniyaning moliyaviy ahvoli band qilib turadi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ishdagi qaysidir kichik bir o‘zgarish ham  balans chiqarishda ta’sir ko‘rsatadimi-yo‘qmi-ular buni oldindan bilishlari kerak.  

Kasbning ijobiy jihatlari:

  • Mehnat bozoridagi talabning ko‘pligi
  • Imkoniyatlar  bilan ish vaqtining bemalolligi
  • Qo‘shimcha daromad topish uchun imkoniyatlar kengligi. Masalan, kichikroq korxonani yurgizishda yordamlashish imkoniyati

Kasbning salbiy jihatlari:

  • Qarorlarda o‘zgarishlar bo‘lishi
  • Buxgalterning faoliyati qat’iy tartibda belgilab qo‘yilganligi va undan chiqib ketish mumkin emasligi
  • Buxgalteriyada qilingan xato uchun sanksiya va jarimalar mavjudligi

Buxgalter bo‘lish orzusida yurgan abituriyentlar mas’uliyatli va intizomli  bo‘lishlari shart. Chunki  o‘z vaqtida topshiril-magan hisobot yoki  qaysidir hujjatning yo‘qolib qolishi kompaniya va buxgalter uchun anchagina qimmatga tushishi mumkin. Undan tashqari, u raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘rishi kerak. Sababi raqamlar bilan har kun ishlashga majbur va kichik bir xatoga ham yo‘l qo‘yishga haqqi yo‘q. Shuningdek, buxgalter o’z vazifasiga nihoyatda e’tiborli bo‘lishi, mayda narsalarni ham ko‘zdan qochirmaydigan bo‘lishi lozim. Xotiraning  yaxshiligi also zarar qilmaydi. Eng muhimi, u o’z ishidagi ko’rsatkichlarni sir saqlay bilishi kerak. Chunki, u kompaniya sirlaridan voqif bo‘ladi va uni saqlay olishi lozim. 

Qolaversa, zamonaviy buxgalte-riyada kompyuter bilan ishlash juda muhimdir. Ayniqsa, “Excel” va  “1C”  kabi dasturlar buxgal-terlarning asosiy ish jarayoni hisoblanadi.

Bu sohani egallamoqchi bo‘lgan abituriyentlar Toshkent moliya institutining buxgalteriya hisobi va audit fakultetida, shuningdek, boshqa oliy ta’lim dargohlarining buxgalteriya yo‘nalishlarida ta’lim olishlari mumkin. Kirish imtihonlari  matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan bo’ladi. 

Lobar BOLTAYEVA

0 ta izoh

There are no comments