TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI (19-20/2010)

Yurtimizda nufuzli oliy o‘quv yurtlari ko‘p. Ulardan biri Toshkent Davlat sharqshunoslik institutidir. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov Farmoniga binoan 1991 –yil 15- iyulda Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti tashkil etildi.  Respublikamizning  ehtiyojini  hisobga  olgan  holda,  oliy  o‘quv  yurtida  sharqshunoslik  sohasidagi  turli  ixtisosliklar  va  yo‘nalishlarning  ko‘lami  yanada  kengaytirildi.

Aslida Toshkent  Davlat  universitetining tarixi o‘tgan asrninf boshlariga borib naqaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1918-yili Toshkentda Turkiston Sharq-shunoslik instituti tashkil etilgandi. Mazkur o‘quv dargohi O‘rta Osiyoda yagona bo‘lib, qo‘shni davlatlar uchun ham mutaxassislar tayyorlab berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. 

Mazkur bilim dargohida Turkiston va unga qo‘shni bo‘lgan xorijiy sharq davlatlarning tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, o‘lkashunosligi, islom tarixi va etnografiyasi hamda musulmon qonunshunosligi kabi fanlar, sharq xalqlarining tillari va adabiyotlari o‘qitilgan. 

O‘sha yili 1-kursga  234 nafar talaba qabul qilingan edi. Institutda sharq tilla-ridan arab, xitoy, fors, pushtu, urdu, turk va mahalliy tillardan o‘zbek, tojik, qirs’iz, turk-man, tatar hamda xorijiy tillardan ingliz, nemis, fransuz tillari o‘qitila boshlandi. Shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Sharqiy va G‘arbiy Turkiston, Buxoro geografiyasi, o‘bek, qirg‘iz, fors, tojik, qozoq, afgon, qoraqalpoq xalqlari etnografiyasi, O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va qadimiy dunyo tarixi, islom tarixi, shariat qonunlari kabi fanlar o‘rgatilgan. Keyinchalik mazkur institut Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetiga aylantirildi.

Bugungi  kunda, ya’ni mustaqillik yillarida oily o‘quv yurtining imkoniyatlari kengaydi. Institut da arab,  fors,  dariy,  hind,  urdu,  xitoy,  pushti,  uyg‘ur  tillari  bilan  birga  yapon,  koreys, turk tillari  va  adabiyotini ham o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Institutda  o‘n  ikki  mutaxasis tayyorlanadi. 

Ayni  paytda  oliy o‘quv yurtida  yigirmadan  ortiq  til  o‘qitilmoqda. Talabalarga  qo‘lyozma asarlarni  chuqur  o‘rgatish,  kelajakda  yozma  manbalar  ustida  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib borish  ko‘nikmasini  hosil  qilish  maqsadida  manbashunoslik  va  matnshunoslik  kafedrasi tashkil  etildi.  Bulardan  tashqari,  xorijiy  sharq  mamlakatlarining  iqtisodiy  aloqalarini chuqurroq  o‘rganish  uchun  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  hamda  xalqaro  munosabatlar va  siyosatshunoslik  kafedrasi  faoliyat ko‘rsatmoqda.   

Oliy  o‘quv  yurti  o‘tgan   vaqt  mobaynida  mamlakatimiz  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalari bo‘yicha  yetuk  kadrlar, ilmiy  tekshirish  institutlari  uchun  mutaxasislar, Sharq  tillari o‘qitiladigan  maktab  va  litseylarga  o‘qituvchilar,  chet  mamlakatlarda  ishlash  uchun tarjimonlar,  diplomatic  xodimlar  hamda  ko‘plab  tashkilotlar,  idoralar  va  vazirliklar  uchun malakali  sharqshunos  kadrlar  tayyorlab  bermoqda.  Bugungi  kunda  institut  jamoasi  mazkur o‘quv  yurtini  bitirib  chiqqan  fan, davlat  va  jamoat  arboblari,  diplomatiya  xodimlari  bilan haqli  ravishda  faxrlanishadi.  

Hozir  institutni  bitirgan  sharqshunos  mutaxasislar  AQSH, Buyuk  Britaniya,  Germaniya, Yaponiya,  Turkiya,  Belgiya,  Isroil,  Hindiston,  Pokiston, Saudiya  Arabistoni va  Misr  kabi jahoning  eng  yirik  hamda  nufuzli  davlatridagi mamlakatimizning  elchixonalarida  xizmat qilmoqdalar. 

Yana shuni  mamnuniyat  bilan ta’kidlash  lozimki,  institut  faoliyati  yurtimizda  sharqshunoslik fanining  rivojlanishi,  taraqqiy etishi  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Sababi  oliy  o‘quv  yurti mamlakatimiz  sharqshunoslik fani uchun  400  dan  ortiq  fan  nomzodi,  80  dan  ziyod  fan doktori  yetkazib  berdi, olimlarning 8  nafari  O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasining  haqiqiy a’zosi  hisoblanadi.

Ayni  paytda Toshkent  Davlat  sharqshunoslik  instituti Markaziy  Osiyoda  yagona sharqshunoslik markaziga  aylangan  yirik  o‘quv  va  ta’lim  markazi  hisoblanadi.

O‘quv  yurtida to‘rtta fakultet’ mavjud. Ular quyidagilar:1. Sharq  filologiyasi  va  tarix. 2. Uzoq Sharq  va Janubiy Osiyo  tillari. 3. Siyosatshunoslik 4. Xorijiy  mamlakatlar  iqtisodiyoti  va mamlakatshunoslik

 

0 ta izoh

There are no comments