BIOTIBBIYOT INJENERIYASI (19-20/10)

mvc 033xBugungi kunda fan-texnika rivojlanib zamonaviy mutaxassislar tayyorlashni oliy o‘quv yurtlari oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Buni barcha sohalarda uchratish mumkin. Biz hozir sizlarga ulardan biri to‘g‘risida ma’lumot berishni lozim topdik.

Biotibbiyot injeneriyasi texnika, tibbiyot, biologiya va biotexnologiya sohalarida butun dunyoga zarur bo‘lgan istiqbolli va zamonaviy yo‘nalish hisoblanadi. Biotibbiyot injeneriyasi diagnostik tadqiqotlar va zamonaviy apparatlar yordamida davolanish, tibbiyot tashkilotlari va turli ixtisoslikdagi muassasalar  sharoitida namunali tibbiyot uskunalari, tizim va majmualariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, biologik laboratoriyalarning texnik vositalari, biotibbiyot axborotlarini  qayta ishlash, tibbiyot ma’lumotlari bazasini yaratish va ishlatish, diagnostik va davolanish jarayonlarini informatsion qo‘llab-quvvatlaydigan amaliy dasturlarning zamonaviy paketlaridan foydalalishga yo‘naltirilgan texnika sohasi va ilmiy bilimlarga taalluqli soha hisoblanadi. 

Asosiy tibbiyot texnologiyasining uskunalari, tizimi, shu bilan birga sog‘liqni saqlash  va turli sohalardagi biotibbiyot tadqiqotlari ma’lumotlarini qayta ishlash, davolash ta’siri  biotibbiyot injeneriyasining asosiy faoliyat predmeti hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bakalavr ma’lumotiga ega bo‘lgan mutaxassisning vazifasi quyidagilardan iborat:

Diagnostik tadqiqotlar, davolash jarayonlari (shuningdek, sog‘liqni tiklash davrida jonlantirish jarayonida)ni va uskunalar hamda zamonaviy vositalarini qo‘llagan holda biologik tajribalarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish; 

Uslubiy tadqiqotlar o‘tkazish va tadqiqotlar natijalarini algoritmik  rejalashtirishni o‘tkazish, rejalashtirish;

Biologik ob’yektlarning ahvoli va ularni boshqarish, shuningdek, texnik va va kompyuter vositalarini qo‘llagan holda yangi tibbiyot texnologiyalarining zamonaviy metodlarini  ishlab chiqishda qatnashish;

Kasbiga oid va maishiy biotibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash;    Biotibbiyot texnikasi va ta’mirdan keyin texnika vositalarini nazorat qilish;   

Biotibbiyot texnikasini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish va uni tashkil etish; 

Tibbiyot texnikasi, texnik vositalarni ishlatish shart-sharoitlari va qoidalari hamda  boshqa    me’yoriy-texnik hujjatlardan metodik foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar tuzish;

Elektron texnikaning boshlang‘ich bazasi, foydalanilayotgan materiallar, komponentlar va uskunalar, shuningdek, namunali texnologik jarayonlar hamda priborlarni bilishi; 

Tibbiyot elektron texnikasi, uning boshqa sohalar bilan bog‘liqligining asosiy ilmiy-texnik muammolari va rivojlanishining istiqbollari;

Tibbiyot asbobsozligi sohasida texnika va texnologiyalar, bioob’yektlardagi tadqiqotlar metodlari va davolanishning ta’siri sohasida mahalliy va xorijda chop etiladigan maxsus adabiyotlar va ma’lumotlar bilan tanishib borish. Biotibbiyot injeneriyasi mutaxassisligiga biologik va tibbiyot-biologik yo‘nalishidagi ilmiy muassasalarda talab katta. Ayniqsa, ular ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridagi zamonaviy murakkab apparatlar va uskunalarni qayta ishlash hamda ishlatishda ham zarur kasb egasi hisoblanadi.

Zamonaviy fizik-kimyoviy va hujayrali biologiya, shuningdek tibbiyot biofizikasi, biotexnologiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi ularning keng ko‘lamdagi tadqiqotlarining  yangi istiqbolli uslublari bilan  bevosita bog‘liqdir.    

 

0 ta izoh

There are no comments