“ABITURIYENT” gazetasi yoshlarning doimiy hamrohi bo‘lsin!” (21/2010)

– Marhabo, avvalo, sizni  muvaffaqiyat bilan tabriklab, an’anaviy savolimizni  bersam: bunday yutuqning siri nimada?

1– Menimcha, buning hech qanday siri yo‘q. Rejali dars tayyorlash orqali maqsadga erishish mumkin. Menga, ayniqsa, “Abituriyent” gazetasida davomli ravishda berib boriladigan “Muvaf-faqiyatga yo‘l” ruknidagi maqolalar juda qo‘l keldi. Ularda qanday qilib dars tayyorlash va natijaga erishish to‘g‘risida juda foydali maslahatlar berib boriladi. Kunimni maqolalarda ta’kidlanganidek, tartibli o‘tkazishga harakat qilar  edim.
Mavzuni o‘zlashtirishda eng muhimi uy vazifalari hisoblanadi. Ularni to‘liq bajargan o‘quvchi uchun deyarli  qiyinchilik bo‘lmaydi. Bu gapni matematika o‘qituvchimiz ko‘p ta’kidlar edi. Ustozimizning maslahatlariga  to‘liq amal qilganim sababli matematika fani bo‘yicha testdan 36 tasini yechishga muvaffaq bo‘ldim. 
– Abituriyentlik o‘ziga xos  mas’uliyatli davr hisoblanadi. Siz  bu paytda nimalardan voz kechib, nimalarga ko‘proq ahamiyat berdingiz?
 – Men televizor ko‘rishdan voz kechdim.  To‘g‘risi, oldin vaqtimning ko‘p qismini u olar edi. Vaqtimning ko‘p qismini behuda o‘tkazganimni kech bo‘lsa-da sezdim. Undan tashqari dugonalarim  bilan aylanishga chiqishlar, har xil sayrlardan ham voz kechishga to‘g‘ri keldi.
– Talabalikka erishgach, ilgarigi odatlaringizni tark etmayapsizmi? 
 – Hozircha talabalik davri abituriyentlikka nisbatan yengilroq bo‘lmoqda. Lekin bu televizor yonida vaqtni behuda sarflashga imkoniyat bor degani emas.  Bo‘sh vaqtimda o‘z sohamga aloqador bilimlarni o‘zlashtirishga harakat qilmoqdaman. Undan tashqari, rus tilini mukammalroq o‘rganish niyatim bor. To‘g‘risi, hozir bo‘sh paytimda kam bo‘lsada televizor ko‘ryapman. Lekin abituriyentlikda ko‘nikib qolgan odatlardan voz kechish qiyin bo‘larkan. Iloji boricha foydali odatlardan voz kechmaslikka harakat qilaman.
– Institut haqidagi taasurotlaringiz qanday?
– Oliy o‘quv yurtimiz menga juda ham yoqadi. O‘qituvchilar  talabchan. Bu yaxshi  kasb egasi bo‘lishimga yordam beradi, deb o‘ylayman. Nasib qilsa, kelajakda o‘z soham bo‘yicha o‘rnimni topishimga harakat qilaman. 
– “Abituriyent” gazetasi va abituriyent do‘stlaringizga tilaklaringiz.
 – “Abituriyent” gazetasi abituriyent do‘stlarimga doimo hamroh, mashaqqatli yo‘llarida hamisha yelkadosh bo‘lsin. O‘rtoqlarimga ham davlat granti asosida o‘qishga kirish  nasib etsin.

Oydin ZOKIROVA suhbatlashdi.

 

0 ta izoh

There are no comments