SILKINING VA SAKRANG! (18/2010)

imagesKonsentratsiyaga aloqador amaliy maslahatlar:

  • Faqat bitta ish qiling va butun diqqatingizni o‘sha ishga qarating
  • Tayyorlayotgan darslaringizning ahamiyatini o‘ylang
  • Darslarni va fanlarni sevishga harakat qiling, sizni o‘ziga qaratadigan jihatlarini axtaring
  • Imtihondan so‘ng nimalarga erishishingizni o‘ylang
  • Dars tayyorlamasangiz nimalarni yo‘qotishingizni o‘ylang
  • Ishlaringizni rejalashtiring va har birini o‘z vaqtida bajaring
  • Darsdan bo‘sh vaqtingizda sizni dam oldiradigan musiqalar eshiting
  • O‘rgangan mavzu-yingizdan savollar tuzib, ularga javob bering
  • Diqqatingizni bo‘luvchi unsurlardan doimo uzoqda bo‘ling
  • Hissiyotli munosabatlardan (sevgi-muhabbat) qochishga harakat qiling
  • O‘rgangan mavzuyingiz-ning asl mantig‘ini tushinishga harakat qiling
  • Tanaffus qilib dars tayyorlashga e’tibor bering
  • Dars tayyorlashni boshlashdan oldin o‘zingizga qandaydir maqsad belgilab oling
  • Darsxonangizda faqat dars tayyorlang
  • Darsxonangizdan dars tayyorlashga halaqit beradigan jihozlarni  chiqarib tashlang
  • Nafas olish mashqlarini bajaring
  • Do‘stlaringiz bilan guruh shaklida dars tayyorlang
  • Zehnni o‘sturuvchi mashqlarni bajaring. (Mantiq testlari yordamida)
  • Dars tayyorlash davomida hech narsa yemang. Diqqatingiz bo‘linadi
  • Dars tayyorlashni boshlashdan avval barcha ehtiyojlaringizni qondirib oling

UNUTMANG:

  • Shoshqaloqlik diqqat-sizlikka teng. Qayerga ketayotganingizni bilmasangiz, u holda ishga butun vujudingiz bilan kirisha olmaysiz.
  • Muvaffaqiyatga erishganlarning erishmaganlardan birgina farqi konsentratsiya qila olishdagi farqlaridir.
  • Diqqatingizning bo‘linishi maqsadga erishishdagi to‘siq hisoblanadi.
  • O‘zingizni bitta ishga butunlay berish uchun u ishni juda muhim va kerakli deb hisoblashingiz kerak.

Bir dehqoning mehnatkash xachiri bor ekan. U xachir maysalarni yeyishni juda yaxshi ko‘rarkan. Bir kuni xachir dalada o‘t yeb yurib, o‘sha yerdagi quduqqa tushib ketibdi. 

Quduqda suv kamligi sababli xachir cho‘kib ketish xavfidan qutulib qolibdi. Lekin bechora xachir u yerdan tirmanib ham chiqa olmaydi, uchib ham…

Bir ikki harakat qilib ko‘ribdi, ammo befoyda. U yerdan o‘z kuchi bilan chiqa olmasligiga aqli yetibdi va bor ovozi bilan hangrashni boshlabdi.

Bu ovozlarni eshitgan dehqon quduqni boshiga kelib qarabdi. Qarasa, pastda o‘zining sevimli xachiri, lekin, shunday katta xachirni qanday qilib chiqaradi. Hamqishloqlarini yordamga chaqiribdi.  Ular ham o‘ylab-o‘ylab biron chora topa olishmabdi. Shundan, keyin, xachirning nolalariga chiday olmay: “chiqarishga yordam bera olmaganimizga yarasha, yana azoblanishdan qutqaraylik. Bu quduq endi ishga yaramaydi. Quduqni ko‘mib yuborsak, xachir azoblanishdan qutiladi” – degan qarorga kelishibdi.

Bularni eshitib turgan xachir yana qattiqroq iztirob cheka boshlabdi. Tiriklayin ko‘milishdan yomonroq narsa bormi? Shunda yuqoridan ustiga tosh tuproq tusha boshlabdi. Xachir avvaliga o‘limni qabul qilibdi-yu, keyin hayoliga yaxshi fikr kelib qolibdi. Va uni tadbiq qila boshlabdi.

Ustiga tuproq tushganda bir silkinib, tuproqni ustiga chiqarmish va har safar: “Silkin va sakra” deb o‘ziga-o‘zi gapirarmish. 

Yuqoridagilar uni ko‘mish uchun quduqni to‘ldirish bilan ovora bo‘layotgan bir vaqtda ularning yonida xachir paydo bo‘libdi. U haliyam “Silkin va sakra” deb ming‘irlashda davom etardi.

Xachir shunday qilib quduqdan qutulib chiqdi. Eng umidsiz paytda ham umidsizlikka tushmay, muvaffaqiyat rejasini tuzdi. 

 

Mahmudjon YUSUFJANOV

0 ta izoh

There are no comments