TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI (18/2010)

Gazetamizning o‘tgan sonida Toshkent to‘qimachilik yengil sanoat instituti to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi. Biz quyida mazkur institutining fakultetlari, ularda qanday mutaxassislar tayyorlanishi, qanday o‘quv texnologiyalaridan foydalanilayotganligi hususida batafsil hikoya qilamiz.

Institutda paxta sanoati texnologiyasi va mexanika fakulteti mavjud. Hozirgi kunda fakultetda 700 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularga 67 professor – o‘qituvchilar, shu jumladan 10 nafar fan doktori, 28 nafar fan nomzodlari ta’lim berib kelmoqdalar.

Fakultet tashkil topgan davrdan buyon Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, Markaziy Osiyo Respublikalari va Respuplikamiz paxta sanoati, to‘qimachilik va yengil sanoati, mashinasozlar sanoati uchun 12570 ta muhandislar hamda 1000 dan ortiq bakalavrlar va 100 dan ortiq magistrlar tayyorlandi.

Hozirda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, Markaziy Osiyo Respublikalari va Respublikamiz paxta sanoati raxbarlari va injener-texnik xodimlarining asosini fakultet bitiruvchilari tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishi. Fakultetda 3 ta bakalavriat va 4 ta magistratura yo‘nalishi mavjud. Bakalavr yo‘nalishida 701 nafar, magistratura yo‘nalishida 51 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Fakultetda paxtani dastlabki ishlash: to‘qimachilik sanoati texnologik mashina va jixozlari; mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari; mehnat muhofazasi; xorijiy tillar; o‘zbek va rus tillari.

Sohalar menejmenti fakulteti.  Fakultetda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta yo‘nalish va 2 ta magistratura mutaxassisligi mavjud. Bakalavr yo‘nalishida 715 nafar, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 58 nafar, jami 773 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi. 

~5540200 – “Menejment” (sohalar bo‘yicha) 

~5340900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” 

~5340300 – “Marketing” (tarmoqlar bo‘yicha)

To‘qimachilik sanoat texnologiyasi fakulteti  

To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti 1108 ziyod talaba tahsil olmoqda. Ularga fakultetning 115 nafar professor-o‘qituvchilari, shu jumladan 8 nafar fan doktori, 55 nafar fan nomzodlari, dotsentlar ta’lim bermoqdalar va bir vaqtning o‘zida 11 ta dolzarb mavzular bo‘yicha keng qamrovli ilmiy ishlarni olib bormoqdalar.

Mustaqillik yillarida yaratilgan o‘quv-ilmiy va moddiy-texnik baza asosida 12 nafar fan doktorlari, 56 nafar fan nomzodlari tayyorlandi, 25 ta darslik, monografiya, 36 ta o‘quv qo‘llanmasi, 165 ta uslubiy qo‘llanmalar, barcha fanlardan ma’ruza matnlari, 1450 ta ilmiy maqolalar chop etildi, 140 patentlar olindi. Hozirgi kunda jamoa oldida juda katta vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning ikkinchi – sifat bosqich vazifalarini to‘la amalga oshirish, ya’ni fakultet kafedralarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish, elektron darsliklar tayyorlash va  shu  o‘qitish samaradorligini oshirish,  talabalarini ish bilan ta’minlashdir. 

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi 

~5540500 – To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi.

~5140900 – Kasb ta’limi (to‘qimachilik)  

Matbaa, to‘qimachilik kimyosi texnologiyasi va avtomatlashtirish fakulteti 

Fakultetda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4 ta yo‘nalish  va 3 ta magistratura mutaxassisligi mavjud. Bakalavr yo‘nalishida 380 nafar, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 51 nafar, jami 431 nafar talaba tahsil olmoqda.  

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi.

~5522300 – To‘qimachilik, yengil va qog‘oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologiyasi

~5540400 – Matbaachilik

~ 5521800 – Avtomatlashtirish va boshqaruv 

Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti – bu yetuk muhandislik , hamda yorqin ranglar jilosi, ijod fantaziyasi va go‘zallik belgisidir.  

Fakultetning barcha labaratoriyalari va ustaxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Jahon andazalari darajasida, zamon talablariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlash, o‘quv jarayonida yangi texnologiyalardan foydalanish maqsadida CAD-CAM labaratoriyasi tashkil etilgan. Mazkur labaratoriya AQSHning GERBER va Buyuk Britaniyaning CRISPIN kompaniyalarining kiyim va poyabzallarni loyihalashning zamonaviy avtomatlashgan tizimlari bilan ta’minl angan. Labaratoriya uskunalari talabalardan kurs ishi, bituruv malaka ishlari, magistrlik dissertatsiyalarida keng foydalaniladi. Fakultetning professor – o‘qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanma, 700 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan, 40 ortiq patent va mualliflik guvoxnomasi olingan.  

Fakultetda mutaxassislarni tayyorlash ko‘p bosqichli sistemada olib boriladi. 

I-o‘qitish bosqichi 4 yil:

~5540600 “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr.

~5140900 “Kasb ta’limi” (Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr. 

Lobar BOLTAYEVA

0 ta izoh

There are no comments