TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI (15/2010)

TASHKIL ETILISHI. 

5 bYuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega tibbiyot hodimlarini tayyorlash maqsadida 2005-yilning 19-iyulidagi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning № UP 3629 sonli farmoniga muvofiq Birinchi va Ikkinchi Toshkent Tibbiyot Institutlari bazasida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etildi.

Akademiyani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Karimov Shavkat Ibragimovich boshqarmoqda.

TA’LIM TIZIMI.  

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘plab o‘quv binolari, klinikalar, sport majmualari va dam olish joylarini o‘z ichiga olgan yirik o‘quv muassasasi hisoblanadi. Bu yerda 5715 ta talaba tibbiyot sirlarini o‘rganmoqda. O‘quv-davolash, ilmiy-tekshiruv va tarbiya ishlari bilan 1167 ta o‘qituvchi band etilgan. Ular orasida 200 ta fan doktori, 448 ta fan nomzodlari, akademiklar, horijiy akademiya-larning faxriy akademiklari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot hodimlari, ta‘lim ishlari uchun turli Respublika mukofoti sohiblari mavjud. Ular tibbiy-biologik, sanitar-gigiyenik, gumanitar va klinik fanlarga asoslangan 58 ta kafedrada faoliyat olib borishadi.

Akademiyada O‘zbekiston va jahonda nom qozongan O‘zbekiston Qahramoni sanaladigan yirik olimlar ham faoliyat olib borishadi. Ular qatoriga akademik Karimov SH. I., akademik Abdullahodjayeva M. S., akademik Daminov T. O kabi olimlarni kiritish mumkin.

Akademiya tarkibida Urganch va Farg‘ona filiali, akademik litsey ham faoliyat yuritmoqda.

FAKULTETLARI:

 1. Davolash ishi;

2. Tibbiy-pedagogik;

3. Stomatologiya;

4. Tibbiy-profilaktika;

5. Oliy hamshiralik ta’limi.

 KERAKLI HUJJATLAR:

- rektor nomiga ariza;

- o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risida attestat yoki  diplom;

- tibbiy ma’lumotnoma (U-86 shakl);

- 3x4 fotosurat - 6 dona;

- pasport, pasport nusxasi;

- harbiy hisobda turganlik guvohnomasi yoki harbiy bilet;

- konvert..

IMKONIYATLAR.

Material-texnik ta‘minlanish hamda zamonaviy apparaturalar hisobiga o‘quv ishlari yangi uslubda olib borilishi talabalarning tibbiyot bilimlarini o‘zlashtirishida qulaylik tug‘dirmoqda. Darslar, asosan, interaktiv usulda olib boriladi. Shuningdek, akademiyada elektron kutubxona ham yaratilgan. Axborot-resurs markazi yangi zamonaviy bilimlar bilan talabalarni ta‘minlamoqda. Bu yerda masofaviy o‘qitish, elektron kitoblar tayyorlash, o‘quv jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni ko‘paytirish masalalari bilan ham shug‘ullaniladi.

Chet tillarini o‘rgatish markazi talaba va o‘qituvchilarga ko‘plab xorijiy tillarni o‘rgatish barobarida turli mamlakatlar tibbiyoti, tibbiy atamalarini ham o‘zlashtirishga yordam bermoqda. Markazda har oy “Medlife” nomli ingliz tilidagi tibbiy jurnal chop etiladi.

XALQARO ALOQALAR. 

Akademiya Rossiya va boshqa chet el davlatlari tibbiy dargohlari bilan aloqa o‘rnatgan. Bu davlatlar qatoriga Angliya, AQSH, Misr, Ispaniya, Germaniya kabi davlatlarni qo‘shish mumkin. 

TADBIRLAR.

Oliygohning tahrir-nashr bo‘limi har kvartalda bir marotaba “Patologiya” nomli jurnal chop etadi. Unda akademiya hodimlari ilmiy ishlari yoritiladi.

Akademiya muzeyida tibbiyot-ning kechasi, buguni va ertasi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, akademi-yada turli sport musobaqalari, “QVZ” (“Quvnoqlar va zukkolar”), qovoq sayli va turli mavzularga doir kechalar o‘tkazilib turiladi. Sport musobaqalarida nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar ham faol ishtirok etishadi.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR.

Telefon: (+99871) 150-78-25, 

           (+99871) 150-78-01, 

(+99871) 150-78-02, 

(+99871) 150-78-03 

Faks:   (+99871) 150-78-28
MANZIL: Amaldagi manzil: Farobiy ko‘chasi, 2-uy Yo‘nalish: Tibbiyotchilar shaharchasi 

Avtobus: 10, 28, 82, 116 

Tramvay: 12 

Marshrutli taksi: 188, 32, 83 

 

0 ta izoh

There are no comments