KONSENTRATSIYANI BUZUVCHI OMILLAR (15/2010)

O‘ta hissiyotli munosabatlar.

Odam bolasi faqatgina aqldan iborat borliq emas. Uning hissiy o‘lchamlari ham mavjud. Vaqti kelganda, bu hissiyot xohlasak ham, xohlamasak ham,  hayotimizga ijobiy yoki salbiy jihatdan o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Hissiyotlarning ortiqcha ta’siri ostida qolishimiz va aqlli qaror berishimizga to‘siq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, imtihonga tayyorgarlik jarayonida bu turdagi ta’sirlarni iloji boricha kamaytirishga harakat qiling. Garchi, ko‘ngilga buyuruq berib bo’lmasa-da, bu hodisa zehningizni band qilishiga mone’lik qilishingiz va konsentratsiyangizga ta’sirini minimal darajaga tushirishingiz mumkin. 

Siz hayotingizdagi ketma-ketlikni belgilab olishingiz kerak. Bu yilgi ketma-ketlikning birinchi o‘rnida oliy o‘quv yurtiga kirish  maqsadi bo’lishi lozim. 

Dars qilayotgan vaqtda suygan insoningizni eslatuvchi har qanday narsani Безимени 1darsxonangizdan chetlating. Dars tayyorlash mobaynida telefoningizning o‘chiq turishi bu masaladagi keyingi bosqich. Agar sevgilingiz bilan uchrashish sizga psixologik jihatdan o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotgan bo‘lsa, iloji boricha ko‘rishmang yoki uchrashuvlar sonini chegaralab qo‘ying. Undan tashqari, darsga motivatsiya (qiziqish) hosil qiluvchi narsalarga e’tibor qarating. 

Televizor.

Shu kungacha televizor masalasiga juda ko‘p to‘xtaldik. Ammo, televizor doim bizning yo‘limizdan chiqib qolmoqda. Dars qilayotgan abituriyent uchun televizor vaqtni yeb tugatuvchi Безимени 2jonivordan boshqa narsa emas. Albatta, ko‘rishingiz kerak bo‘lgan dasturlar bo‘ladi. Bu dasturlar sizning dars rejangiz ichiga singib ketishi kerak. U dastur tugashi bilan dars qilishga qaytishingiz kerakligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.Televizorni yoqish tugmasini bosish juda oson bo‘lishiga qaramay, o‘chirish juda qiyin.

Televizorni yoqqunimizga qadar nazorat bizning qo‘limizda, ammo, televizorni yoqdikmi, nazoratni unga berib, biz unga bo‘ysuna boshlaymiz. Shu sababli, yuqorida aytganimizdek, muhimini tanlang.

Telefon.

 Afsuski, telefonda gaplashish ham, konsentratsiyani buzuvchi, vaqtimizni o‘g‘irlovchi muammolardan biri. Dars qilish jarayonida hech bir do‘stingizga telefon qilmang. Hattoki ishlay olmagan savolingizni so‘rash uchun bo‘lsa ham. Telefondagi muloqotni tanaffus vaqtiga rejalashtiring va buni o‘zingizga prinsip (qat’iy amal qilinadigan qoida) shakliga keltirib oling.

Dars tayyorlash jarayonida sizga telefon qilgan do‘stingiz bilan keyinroq gaplashishingizni ayting yoki telefonni ko‘tarmang. Agar do‘stlaringizga “yo‘q” deya olmasangiz, telefonni ota yoki onangiz olib, sizning o‘rningizga javob bersin. Ular sizning dars qilayotganingizni va telefonda gaplasha olmasligingizni aytishsa, ular bilan qarama-qarshi kelib qolishdan qutulasiz. 

Muammoli oila hayoti.

Безимени 3Ota-onalarning ajrashgan bo‘lishi bola ma’naviy yordamga ehtiyoj sezayotgan bir vaqtda unga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu holatga bolalar har xil reaksiya ko‘rsatishadi. Ba’zilari bu holatga e’tibor bermasa, ba’zilari qattiq tushkunlikka tushib qolishadi. 

Er yoki xotindan biri vafot etgan yoki kasallangan bo‘lishi mumkin. Agar betob bo‘lsa, kimdir unga qarab turishi kerak bo‘ladi. Bu ishning abituriyent zimmasiga tushishi  uning darsga butun zehn bilan kirishishiga yomon ta’sir qiladi. 

Oila a’zolaridan birining muammosi bo‘lishi va buning  davomiyligi qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bu muammolar abituriyentga tegishli bo‘lmasa-da, unga ta’sir qilmay qolmaydi. Безимени 4

Sog‘liq muamosi.

Sog‘liq borasida muamosi bo‘lgan o‘quvchining darsga kon-sentratsiya qilishi qiyinligi ma’lum. Bu muammolar dars rejasini ma’lum miqdorda oqsashiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga dars tayyorlash jarayonida jismoniy bezovtalikka olib keladigan sport o‘yinlaridan uzoqroq bo‘lish foydali. Qadrli abituriyent, yuqoridagi maslahatlarga amal qilasiz degan umiddamiz!  

 

Mahmudjon YUSUFJANOV

 

 

 

0 ta izoh

There are no comments