KONSENTRATSIYANI BUZUVCHI OMILLAR (11-12/2010)

1. Xayol surish:

hayolparasUnumli dars tayyorlashning asosiy omili konsentratsiya qilish, ya’ni diqqatni mavzuga qaratishdir. Xayolimizni chalg‘itmasdan darsga konsentratsiya qilishimiz vaqtimiz isrof bo‘lishining oldini oladi. 

Davomli dars qila olmaslikning ikkita asosiy sababi bor: tashqi muhit va inson tabiatidagi salbiy odatlar. 

Balog‘at yoshida va o‘tish yoshida inson xayol surishga ko‘proq moyil bo‘ladi. Faqat shuni unutmaslik kerakki, dars tayyorlab, OTMga kirishingiz kerak bo‘lgan ayni paytda turli o‘y-xayollarga berilish siz uchun juda zararli. Gapimni paradoks sifatida qabul qilmang. Chunki motivatsiyada ham ma’lum miqdorda xayol va hayajonga ehtiyoj seziladi. Shu sababli xayolning foydali va zararli qismlarini o‘zingiz ajratib olishingiz lozim. 

O‘ta xayolparast do‘stlarimizning qilishlari kerak bo‘lgan ishni – yo xayol surishni keyinga qoldirish, yoki dars tayyorlash stolidan turib, tezgina xayollarini oxiriga yetkazgach, yana o‘qishga kirishishdir. Xayolga cho‘mga-ningizni sezganingiz zahoti bu xayollardan voz keching va ma’lum bir vaqt dars tayyorlagandan so‘ng bu xayollarni yana davom ettiring.

2. Fikrlarni chegaralay olmaslik:

fikri nojamOdatda, atrofimizdagi odamlarga yoqmaydigan nojo‘ya gaplarni so‘zlashdan tilimizni tiyamiz. Boshqacharoq qilib aytganda, tilimizni chegaralaymiz. Xuddi shunday: fikrlarimizni boshqarish uchun ham ularni davomli ravishda chegaralab turishimiz kerak. Zotan, biz, insonlar, fikrlarni tanlay olish kuchiga egamiz. 

Bir soatlik dars tayyorlash jarayonida necha marta darsdan chalg‘iganingizni o‘ylab ko‘ring. Vaqtingizning qancha qismini foydali sarf etganingizni chamalang. Odatda, bir soatning 15-50- daqiqalari oralig‘idagi vaqt samarali ishlatiladi. 

Dars tayyorlash jarayonida fikr bo‘linishi hamma insonda ham kuzatiladi. Faqat bu holning ko‘p takrorlanishi  muvaffaqiyatga aks ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. 

Bunday holatda, fikrimizning bo‘luvchi faktorlarni aniqlab, ularga qarshi kurashish kerak bo‘ladi. Tashqaridan kelgan shovqin, musiqa tovushi, televizor ovozi, uydagi suhbat, telefon yoki uy qo‘ng‘irog‘i jiringlashi kabi tashqi ta’sirlar bilan bir qatorda, kayfiyatingiz yo‘qligi, do‘stingiz bilan rejalashtirgan ishingizni o‘ylashingiz, dam olish kunlari nima qilish kerakligi hamda imtihondan o‘ta olishingiz yoki o‘ta olmasligingiz to‘g‘risidagi  o‘ylar, xullas,  o‘zingizga bog‘liq bo‘lgan barcha ichki sabablar fikringiz bo‘linishining omillaridir. 

Xayolingizni davomli band qilgan noto‘g‘ri fikrga bora-bora ishona boshlaysiz. Siz, obrazli qilib aytganda, o‘zingiz uchun foydasiz bo‘lgan fikrlarni elakdan o‘tkazib, ularni axlat qutisiga tashlashingiz kerak. Shunda keraksiz ma’lumotlarni miyangizda saqlab yurish ranjidan xalos bo‘lasiz. 

 3. Yotib dars tayyorlash:

uyquchiYotgan holda dars tayyorlashga kirishganingizdan biroz vaqt o‘tgach, uyqungiz kela  boshlaydi. Bu ham konsentratsiyani buzadi. Yotib dars tayyorlash muskullar-ning bo‘shashiga, bu esa “qudratli pahlavon” – uyquning kuchga kirishiga sabab bo‘ladi. Unutmang: dars qiladigan joyingiz sizga uyquni emas, darsni eslatib turishi kerak. 

Qanchalik yaxshi niyat bilan boshlasangiz ham uzanib dars tayyorlashning oqibati uyqudir. Bu holda miyaga keladigan yagona signal – “Uxlash”. Natijada ong barcha organlarga uyqu degan buyruqni jo‘natadi va siz o‘zingiz ham sezmagan holda uxlab qolasiz. 

Darsni tugatgach, o‘zlashtirilgan mavzuni takrorlash foydali. Psixologik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qaysidir mavzuni o‘rgangandan keyin uxlash o‘sha mavzuning yodda muhrlanib qolishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Zotan, uyqu davomida miya bilimlarni tartiblab chiqadi. Albatta, bundan “Doimo uxlash kerak”, - degan noto‘g‘ri xulosa chiqar-maslik kerak. Chunki miyaning bilimlarni tartiblab chiqib, ko‘proq esda saqlab qolishidan oldin u bilimlarni qabul qilib olishi lozim. Shunday emasmi? 

Siz uxlashdan oldin kun bo‘yi o‘rgangan narsalaringizni takrorlasangiz, ertasi kun uyqudan turgan payt yana o‘sha mavzuni bir esga olsangiz, bilimlaringizni barqaror saqlash yo‘lida juda katta qadam tashlagan bo‘lasiz. 

Mahmudjon YUSUFJANOV

 

 

 

0 ta izoh

There are no comments