KONSENTRATSIAYANI BUZUVCHI OMILLAR (davomi) (13-14/2010)

Yoqtirmagan narsaga sabr qilmaguncha, yoqtirgan narsangga erisha olmaysan.

4. Musiqa.

 O‘quvchining darsxonasi imkoni boricha jim-jit, pashsha uchsa bilinadigan holda bo‘lishi kerak. Dars qilayotganda musiqa tinglash zararlidir. Ba’zi o‘quvchilar “Men musiqasiz dars qila olmayman”, “Musiqa menga to‘siq bo‘la olmaydi”- deydilar, ammo zehn bir vaqtda ikki narsa ustida to‘planmaydi. Shu sababli musiqa dars qilish samaradorligini kamaytiradi. Dars qilish jarayonida eshitilgan musiqa diqqatni bo‘lib, konsentaratsiyani tezda buzadi. Dars qilish jarayonida musiqa eshitish dars qilayotgan odamni hotirjamlashtirishi, dars tayyorlashga yordamlashishi, tushunishga yordam berishi fanga zid hodisadir (Musiqa bilan o‘rganish usuli bundan mustasno). 

Безимени 1Bizga ma’lumki, musiqa ritmlardan tashkil topadi. Shu bilan birga barchamizning tabiiy ichki ritmlarimiz mavjud. Gaplashayotganda, yozayotganda, yurganda, o‘qiyotganda, o‘rganayotganda ma’lum bir ritmlardan foydalanimiz. Bu ritm shaxsdan shaxsga o‘zgaradi. Masalan, tushunishga oson mavzularni tez-tez o‘zlashtirayotganimizda tezroq ritmda ishlaymiz va ichki ritmimiz tez-tez o‘zgaradi. Musiqa eshitayotgan o‘quvchining tabiiy ichki ritmi musiqaning ritmidan ta’sirlanadi. Yengil (klassik) musiqa eshitayotgan vaqtdagi ruhiy holatimiz va ritmimiz bilan pop musiqa tinglayotganda ritmimiz bir xil emas. Turli musiqalar bizda turli hil ruhiy holat paydo qiladi. Ba’zi qo‘shiqlar har qanday holatda yashashimiz kerakligini uqtirsa, ba’zilari aksini ta’kidlaydi.  Turli musiqalar bizni turli hayollarga boshlaydi. Shu sababli dars tayyorlash va musiqa tinglashni bir vaqtga rejalashtirmasligimiz kerak. 

Yaxshisi, darsdan bo‘sh paytlaringizda, tanaffuslarda musiqa tinglang. Hatto musiqani o‘zingizga mukofot shaklida berishingiz mumkin. “Matematika yoki kimyodan nechtadir misol ishlasam, musiqa eshitaman” - deng va o‘shancha misolni tugatgach, musiqa tinglang.
 

5. Turli rasmli plakatlar.

Безимени 2Xonangizda yoqtirgan xonandangizning yoki qo‘llab quvvatlaydigan jamoangizning plakatlari, oilaviy tushgan fotosuratlarning bo‘lmasligi foydalidir. Ular ko‘zingiz tushadigan joyda (devorda, kitob javoningiz, dars stolingiz vb.da) bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. Chunki bu turdagi plakat va rasmlar sizni hayol dunyosining turli atmosferalariga tortib ketishi mumkin va bu sababli sizning zehningiz bo‘linadi. Masalan, o‘tgan yili sinfdoshlaringiz bilan tog‘ga dam olishga chiqqan vaqtdagi rasmingiz o‘sha onlar xotirasiga yetaklashi yoki sevimli futbol jamoangizning plakati oxirgi o‘yindagi uning muvaffaqiyatsizligi sababini o‘ylashingizga sababchi bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki,  xonangiz sizni eng kam chalg‘itadigan shaklda dizayn qilishingiz kerak. Darsxonangiz iloji boricha sodda bo‘lsin. Albatta, bemalolroq vaqtingizda, ya’ni darslaringiz zich bo‘lmagan vaqtlarda xonangizni o‘zingiz xohlagan shaklga keltirib olishingiz mumkin. 

6. Yurak siqilishi.

Безимени 3“Nima uchun siqilyapmiz?” - eng avvalo, mana shuni aniqlashimiz kerak. Agar buning sababi yolg‘izlik bo‘lsa, o‘rtoqlarimiz bilan birga dars qilishni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin. Agar qayg‘u bo‘lsa, qayg‘u kamaytiruvchi ba’zi zehniy va jismoniy mashqlarni bajarishimiz kerak. Xohishsizlik davom etadigan bo‘lsa, maqsadingizga aloqali hayol surishingiz foydali.Ilm olishda sabrli bo‘lish juda ham muhim. O‘rganish uchun vaqt va sabr kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zimizdan oldin muvaffaqiyat qozonganlarning hayot yo‘llarini kuzatishimiz va ulardan tegishli saboq chiqarishimiz kerak bo‘ladi. 

 

 

Mahmudjon YUSUFJANOV

0 ta izoh

There are no comments