TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI (11-12/2010)

INSTITUT HAQIDA  

mol&ya1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra Toshkent xalq xo‘jaligi institutining moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari bazasida Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.Institut hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning ijrosini amalga oshira borib, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos moliya, bank, soliq, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi, investitsion loyhalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, menejment, kasbiy pedagogik tayyorgarlik kabi qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlab kelmoqda.

Institutda kadrlar tayyorlashning ko‘p bosqichli uzluksiz tizimini ta’minlovchi modeli ishlab chiqilib, u o‘z ichiga moliya, soliq litseylari, bank kolleji, bakalavriatura, magistratura, malaka oshirish instituti, aspirantura, doktorantura bosqichlarini qamrab olgan. Mutaxassis kadrlar tayyorlash modelini hayotga tatbiq qilish, ularni bugungi kun zamon talablari va jahon andozalariga mos bo‘lishi uchun institutning 7 ta fakulteti tasarrufidagi 26 ta kafedrada 350 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Institut kafedra va bo‘limlarida 40 ga yaqin fan doktorlari va professorlar, 150 ga yaqin fan nomzodlari va dotsentlar mehnat qilmoqda.

XALQARO ALOQALAR

Hozirgi kunda institut chet el turdosh universitetlari, elchixonalari bilan ilmiy-amaliy, o‘quv-uslubiy hamkorlik o‘rnatgan. Jumladan, AQShning Texas Qishloq xo‘jaligi va Mashinasozlik Universiteti, Yaponiya davlatining Ritsumeykan Trast, Osiyo Tinch okeani Universiteti, Angliya davlatining Sterling Universiteti, Rossiya Federatsiyasining Moskva moliya akademiyasi, Moskva davlat universiteti, S.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universiteti, Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, Belgiya davlatining Atverpen universiteti, Germaniyaning Manxeym texnologiya instituti, Gamburg informatsion texnologiya universiteti, Passav universiteti, Janubiy Koreyaning Xuz universiteti, Yoju texnologiya instituti, CSM kolleji (YoTIning Yangi Zelandiyadagi filiali), Vusong xalqaro solbrij universiteti, Malayziya davlatining Mara texnologiya universiteti, Hindistonning Hindiston moliya instituti, Misr davlatining Nero biznes Inkubatori, Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek bank-moliya akademiyasi, A.Botirov nomli Xalqlar do‘stligi universitetlari bilan o‘zaro foydali shartnomalar asosida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. 

IMKONIYATLAR

Institutda talabalarning madaniy dam olish, sport bilan shug‘ullanish va yashashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, institutda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari, “Moliyachi” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi hamda 3 ta zamon talablari darajasida ta’mirlangan va jihozlangan talabalar turar joylari ishlab turibdi.

FAKULTETLAR

·Boshqaruv fakulteti; 

· Hisob-iqtisod fakulteti;

· Kredit-iqtisod fakulteti; 

· Moliya injiniringi fakulteti;

· Moliya-iqtisod fakulteti 

· Soliq va sug‘urta ishi fakulteti 

· Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti. 

NASHRLAR 

· “Moliyachi” gazetasi;

· “Moliya” jurnali

KERAKLI HUJJATLAR

Abituriyent ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

1. Ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi institut rektori nomiga ariza;

2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;

3. 086/U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

4. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;

5. Pasportining nusxasi.

 

0 ta izoh

There are no comments