TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI (9-10/2010)

TASHKIL TOPISHI. 

image001«Toshkent islom universiteti», O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1999-yil 7-apreldagi, Islom dinining boy va o‘ziga xos boyliklarini chuqur o‘rganish, avaylab-asrash, yuksalib kelayotgan kelajak avlodga yetkazish hamda aholining diniy ilmlar bo‘yicha bilimlarini boyitish, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadidagi qarori asosida tashkil etilgan.

FAKULTETLAR.

  • Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti;
  • Islom tarixi va falsafasi fakulteti;
  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti. 

KAFEDRALAR.

  •  Dinshunoslik va YUNESKO kafedrasi;
  • Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi; 
  • Islomshunoslik kafedrasi;
  • Tabiiy fanlar kafedrasi;
  • Falsafa kafedrasi;
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi; 
  • Sharq tillari kafedrasi;
  • G‘arb tillari kafedrasi;
  • Islom huquqi kafedrasi; 
  • Jismoniy tarbiya kafedrasi. 
  • Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi.

MANBALAR XAZINASI.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1999-yil 7-aprel kuni e’lon qilingan Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi tarixiy farmonida «Mamlakatimizda hamda chet ellarda mavjud bo‘lgan va yurtimizga olib kelingan islom ta’limotiga oid manbalarni jamlash, ro‘yxatga olish, talab darajasida saqlash va kelajak avlod uchun yetkazish maqsadida islom universiteti tarkibida Manbalar xazinasi tashkil etilsin», - deb qayd etilgan edi. Mana shunga ko‘ra, universitet doirasida Manbalar xazinasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

MAVJUD BO‘LIMLAR.

  • Ilmiy kengash;
  • Ixtisoslashgan kengash;
  • O‘quv bo‘limi; · Xalqaro aloqalar bo‘limi;
  • Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi;
  • Axborot-texnik ta’minot bo‘limi;
  • Monitoring va axborot tahlil bo‘limi;
  • Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi;
  • Menejment va marketing bo‘limi;
  • Kadrlar bo‘limi;
  • Reja-moliya bo‘limi;
  • Hisob-kitob bo‘limi;
  • Xo‘jalik bo‘limi;
  • Kutubxona;
  • Yotoqxona. 

ABITURIYENTLAR UCHUN.

2008-2009-o‘quv yili Toshkent islom universitetida quyidagi mutaxassisliklar  bo‘yicha qabul e’lon qilingan: 

BAKALAVRIAT:

I. Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti

- huquqshunoslik (islom huquqi) (o‘zbek va rus guruhlari); 

- jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (o‘zbek guruhi); 

- informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari (o‘zbek guruhi). 

II. Islom tarixi va falsafasi fakulteti

- dinshunoslik yo‘nalishi (o‘zbek va rus guruhlari). 

MAGISTRATURA:

 - dinshunoslik;

 - islomshunoslik. 

KERAKLI HUJJATLAR.

- universitet rektori nomiga ariza; 

- o‘rta ma’lumoti haqida yetuklik attestati yoki diplomning asl nusxasi; 

- 3x4 sm. hajmdagi olti dona fotosurat; 

- 086/U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma; 

- pasport nusxasi va harbiy xizmatga tegishli hujjat (shaxsan ko‘rsatiladi). 

Abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan qabul qilinadi. Test sinovlari 1-avgust kuni o‘tkaziladi. Talabalikka tanlov asosida qabul qilish abituriyentning test sinovlarida to‘plangan ballariga asosan hal qilinadi. MANZIL.Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy. 

Telefonlar: 244-00-56, 244-00-91, 244-95-99.

www.tiu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 

0 ta izoh

There are no comments