KIM G‘ALABA QOZONADI? (9-10/2010)

Baxtiyorlik osmondan zambil bilan tushmaydi. Mehnat qilgan, zahmat chekkan insonga iqbol kulib boqadi.

MURABBIY NIMA DEGAN EDI?

101993-yil mashhur futbol murabbiysi Jim Jonsonning oldida juda muhim vazifa turgandi. Uning jamoasi finalga qadar yetib kelgan, oxirgi o‘yin esa hamma masalaga oydinlik kiritardi. Ustoz bellashuv boshlanishi arafasida o‘z shogirdlariga qarata shunday xitob qiladi: “Agar shu yerga uzunligi 4 metr, eni 1 metr bo‘lgan taxta qo‘yib, “Ustidan yuring!”, - desam, hammangiz yura olasiz. Hech biringiz yiqilib ham tushmaysiz. Chunki butun diqqatingiz taxta ustida yurishga qaratiladi. Agar shu taxtani ikki qarama-qarshi uyning yuqori qavatiga qo‘yganimda edi, ko‘pchiligingiz yiqilib tushar edingiz.Boisi bu gal siz taxta ustidan yurishni emas, yiqilib tushish ehtimoli mavjudligini o‘ylay boshlardingiz.1993-yil mashhur futbol murabbiysi Jim Jonsonning oldida juda muhim vazifa turgandi. Uning jamoasi finalga qadar yetib kelgan, oxirgi o‘yin esa hamma masalaga oydinlik kiritardi. Ustoz bellashuv boshlanishi arafasida o‘z shogirdlarig

Shunday ekan, diqqatingizni stadionga yig‘ilgan muxlislarga, matbuot xodimlariga yoki yutqazib qo‘yish ehtimoliga emas, faqat va faqat o‘yinga qarating. Bahsni oddiy tayyorgarlik sifatida qabul qiling”.

Murabbiyning ushbu gaplari futbolchilarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi va bu ta’sir o‘yinda o‘z “so‘z”ini aytmay qo‘ymadi. Jamoa yirik hisobda g‘alaba qozondi!

Bu voqea zamirida juda muhim bir sir yotibdi. Ko‘pchiligimiz fikr-u hayolimizni bir nuqtaga jamlashga qiynalamiz. Sababi, har doim bir qancha manfiy ehtimolliklar yuzaga kelishidan hayiqamiz. Butun diqqatimizni taxta ustida yurishdan ko‘ra ko‘proq yiqilib tushish ehtimoliga qaratamiz. Qo‘rquv va oldimizdan chiqqan g‘ovga osonlikcha taslim bo‘lib qo‘ya qolamiz.

Bir o‘quvchi sifatida qandaydir maqsadingiz bo‘lsa, butun diqqatingizni o‘sha maqsadga yo‘naltiring. Ertami-kechmi, maqsadingizga erishasiz. Baxtli va muayyan orzu ro‘yobini ko‘zlagan insonga aylanishga harakat qiling.

IMTIHONDAN KIM MUVAFFAQIYATLI O‘TADI?

Kirish imtihonida kimlardir o‘z maqsadiga erishadi. Aslida, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlar – ko‘proq tayyorgarlik ko‘rganlardir. Xo‘sh, endi ayting-chi, bajarilishi lozim bo‘lgan shuncha ishingiz turganda nega imtihon natijasini o‘ylab siqilasiz ?

Henri Ford bu holat haqida juda muhim bir gapni aytgan edi: “Qila olishingizga ishonsangiz ham, qila olmasligingizga ishonsangiz ham – haq bo‘lib chiqasiz.” Chunki inson nimaga ishonsa, o‘shanga mos ravishda harakat qiladi. Shunday ekan, doimo ijobiy natijalar to‘g‘risida o‘ylang va kirish imtihonlari hamda maktabdagi o‘qishda muvaffaqiyatga erishishni ko‘zlang. Ishoning, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Faqat o‘z harakatlaringizga sabrni ham qo‘shib qo‘ysangiz kifoya.

RIVOYAT.

Qadim zamonlarda bir qirol saroy yo‘liga qoya tosh qo‘yib, o‘zi uzoqroqdan kuzata boshlabdi.
Mamlakatning eng boy tijoratchilari, karvonlari, saroy a’yonlari o‘sha toshni aylanib o‘tib, saroyga kirishibdi. Hattoki ba’zilar baland ovozda qirolni qoralashibdii: “Xalqdan shuncha soliq yig‘ib oladi-yu, o‘zi yo‘llarga qarab ham qo‘ymaydi”.

Kunlarning birida qishloqdan saroyga meva olib kelayotgan dehqon yo‘ldagi toshni ko‘rib qolibdi. So‘ng to‘xtab, oz-moz qiyinchilik bilan toshni olib tashlabdi. Toshni yo‘l chetiga chiqazib, xaltasini endi yelkasiga ortmoqchi bo‘lgan ekan, nariroqda - yerda yotgan ko‘zaga ko‘zi tushib qolibdi. U ko‘zani ochib qarasa, ichida to‘la oltin emish. Ko‘zaning eng ustki qismida “Bu oltinlar toshni olib tashlagan odamga tegishli” degan yozuv bo‘lib, unga qirol muhri urilgan ekan...

ALQISSA…

Hamma shikoyat qilayotgan qiyinchiliklarga e’tibor bermay, vazifani bajargan odam, albatta, o‘z mehnati samarasini ko‘radi. Muhtaram abituriyent, arz-u shikoyatlar o‘rniga sabr-toqat bilan ishlaringizni bajarishga kirishing!

0 ta izoh

There are no comments