TOSHKENT DAVLAT SAN’AT INSTITUTI (8/2010)

TASHKIL TOPISHI.

'at institutiBu oliy o‘quv dargohi 1945-yilda tashkil etilgan. O‘shanda u Toshkent  davlat  teatr san’ati instituti deb yuritilgan. Institut faoliyat boshlagan dastlabki davrda uchta: aktyorlik, rejissorlik hamda teatrshunoslik fakultetlari bo‘lgan. Toshkent  davlat  teatr san’ati instituti O‘zbekiston, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalari uchun aktyor, rejissor, teatrshunos mutaxassislar tayyorlagan.

 1954-yilda institutda rassomlik fakulteti ochilgan. Shundan so‘ng bu oliy ilm dargohi Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati instituti deb yuritila boshlangan. 

1991-yildan san’at oliy o‘quv dargohi Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent  davlat  san’at  instituti deb yuritila boshlandi. San’at oliy o‘quv dargohida 1997-yilda estrada aktyorligi, estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi bo‘limlari, 1999-yilda sahna va ekran dramaturgiyasi bo‘limi, 2002-yilda musiqiy teatr rejissorligi bo‘limi ochildi. 2005-yilda O‘zbekiston Prezidenti qaroriga asosan institutga yangi zamonaviy muhtasham binolar majmuasi berildi. 

FAKULTETLAR.

Hozirgi paytda institutda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

1. San’atshunoslik (turlari bo‘yicha); 

- San’atshunoslik jurnalistikasi bo‘limi;

- Teatrshunoslik bo‘limi;

- Sahna va ekran dramaturgiyasi bo‘limi.

2. Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha);

- Dramatik teatr va kino aktyorligi bo‘limi;

 - Musiqali teatr aktyorligi bo‘limi; 

- Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi bo‘limi; 

- Estrada aktyorligi bo‘limi. 

3. Rejissorlik (turlari bo‘yicha);

 - Drama rejissorligi bo‘limi; 

- Qo‘g‘irchoq teatri rejissorligi bo‘limi;

- Televideniye va radio rejissorligi bo‘limi; 

- Musiqiy teatr rejissorligi bo‘limi;

- Estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi bo‘limi. 

4. Texnogen san’ati (turlari bo‘yicha).

 - Kino-teleoperatorlik bo‘limi; 

- Kino, teleradio va teatr tomoshalari ovoz rejissorligi bo‘limi. 

Institut ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch oliy o‘quv yurti sanaladi. 

XALQARO ALOQALAR.

TDSI AQShdagi Korolina universitetining San’at instituti, Chikago Qirollik kolleji, Xitoy Uyg‘ur Avtonom Respublikasi San’at instituti, Misrning Qohira San’at akademiyasi, Makedoniyaning Kirill va Mefodiy nomidagi universiteti, Moskva Teatr san’ati akademiyasi, Sankt-Peterburg teatr, musiqa va kinematografiya instituti, Qozog‘iston adabiyot va san’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqin aloqa o‘rnatgan.

ABITURIYENTLAR UCHUN. 

1. Kerakli hujjatlar. 

Institutga kirish uchun quyidagi hujjatlar qabul komissiyasiga taqdim etilishi lozim:

1. Rektor nomiga ariza;

2. Ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (attestat yoki diplomning asl nusxasi);

3. 086-u shaklidagi tibbiiy ma’lumotnoma;

4.  3x4 hajmdagi 8 ta fotosurat;

5. Oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;6. Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rsatiladi va nusxalari topshiriladi;

7. Hujjatlar uchun yig‘ma jild (papka dlya bumag) va 1 dona konvert.

2. Imtihon topshirish tartibi. 

Hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi. Ijodiy imtihonlar 16-iyuldan 25-iyulgacha davom etadi. Ijodiy imtihon bo‘yicha konsultatsiyalar 1-iyuldan boshlanadi.

Institutga kiruvchi barcha abituriyentlar ijodiy imtihonlardan tashqari 2 ta fandan: “Ona tili va adabiyot”, “O‘zbekiston tarixi” fanlaridan 1-avgust kuni test sinovlarini topshirishadi. Test sinovlari bo‘yicha konsultatsiyalar 26-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.1-iyundan 20-iyungacha institutda abituriyentlar uchun “Ochiq eshiklar” kunlari o‘tkaziladi.

Institutda ta’lim ikki tilda: o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.  

QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR uchun O‘zbekiston davlat san’at institutining qabul komissiyasiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilish mumkin:700025, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy, O‘zbekiston davlat san’at instituti.

Telefonlar: 255 – 12 – 51; 281 – 50 - 29.        Faks:  255 – 88 - 06.

 

0 ta izoh

There are no comments