MILITSIONER (6/2010)

222 01 2Insonlarning tinchligi va osoyishtaligi ishonchli qo‘llarda bo‘lishi lozim. Har qanday huquqiy davlat, odatda, jamiyatda tinchlik va tartibni saqlash, insonlarning shaxsiy dahlsizligi va mulkiy xavfsizligini, shuningdek, qonun ustivorligini ta’minlashga harakat qiladi. Buning uchun esa qonunlarga va ayni paytda qonun ijrosini nazorat qiladigan kuchga ehtiyoj seziladi. 

Respublikamizdagi qonun ustivorligini ta’minlovchi tashkilot-lardan biri Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi. Militsiya xodimi ayni shu vazirlikka qarashli ishchi hisoblanib, uning asosiy vazifasi o‘z vatandosh-larining tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Militsionerlik – g‘oyat og‘ir kasb. Chunki bu soha vakilining hayoti jinoyatga qarshi kurashish ishlari bilan kechadi. Bu kurash jarayonida militsioner, hatto, o‘z hayotini ham yo‘qotishi mumkin. 

Ta’kidlash joizki, militsioner bo‘lish uchun rahmdillik, mehr-shafqat kabi tushunchalar xalaqit beradi. Chunki ko‘ngli bo‘sh odam militsiya xodimi bo‘lsa, u, o‘z-o‘zidan, kelajakda jinoyatchilarga ham rahm-shafqat ko‘rsatish tarafdoriga aylanib qolishi mumkin. Tabiiyki, jinoyatchilar kimningdir haq-huquqini poymol qilganliklari uchun tegishli jazoni olishlari shart. Bundan anglashiladiki, militsiya xodimining qonun ijrosi yo‘lida qahri qattiq bo‘lishi odatiy hol sifatida  baholanishi kerak.

Militsiya xodimlari turli xil sohalarda ishlashlari mumkin. Bularga transport harakati havfsizligini ta’minlash (DAN), aholi tinchligi va tartibini ta’minlash, militsiya tergovchisi, tezkor qidiruv xodimi, ekspert-kriminalist kabi sohalarni kiritish mumkin. DAN xodimi bo‘lish uchun Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlash kerak. Militsiyaning jinoyatga doir sohalarida Toshkent Militsiya akademiyasini bitirgandan so‘ng ishlash mumkin. Militsiya akademiyasining to‘rtta fakulteti mavjud bo‘lib, ular:

  • Tergov faoliyati;
  • Tezkor qidiruv faoliyati;
  • Jinoyatlarning oldini olish faoliyati;
  • Ekspert-kriminalist faoliyati.

Tergov faoliyatini tamomlagan militsiya xodimlari militsiya tergovchisi sifatida faoliyat olib boradi. Ularning asosiy vazifasi aybdorlikda gumon qilinayotgan shaxsni tergov qilish, guvohlar va ashyoviy dalillar yordamida jinoyatni chindan ham shu odam qilganmi yoki yo‘qmi – shuni aniqlashtirishdan iborat.

Tezkor qidiruv faoliyatida esa jismonan baquvvat militsiya xodimlari yordamida jinoyatchi qidirib topiladi. Ular jinoyatchining manzilini, qay darajada qurollanganini aniqlashtirib, shunga ko‘ra harakat qilishadi.

Jinoyatning oldini olish ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar hali amalga oshirilmagan, lekin rejalashtirila-yotgan jinoyatlarni topishadi va tegishli choralarni ko‘rishadi.

Ekspert kriminalist sohasini tamomlagan militsionerlar jinoyat sodir etilgan hududdan jinoyatchiga tegishli ashyo va izlarni topishadi va shu orqali jinoyatchini topishga yordam berishadi. Bu soha xodimlaridan o‘ta e’tiborlilik, tiyraklik, ziyraklik, har bir narsaga diqqat bilan qarash talab qilinadi. Masalan, jinoyat sodir etilgan joydan topib olingan soch tolasining genlari tuzilishi yordamida u kimga tegishli ekanligini topishadi.

Militsiya akademiyasi talabasi bo‘lmoqchi bo‘lgan abituriyentlar otlarini ertaroq qamchilashlari kerak. Chunki bu oliy o‘quv yurtining talabasi bo‘lishni niyat qilgan o‘quvchi jismonanan sog‘lom, ma’nan kuchli bo‘lishi kerak. Abituriyentlar 15-yanvardan 1-iyungacha hujjatlarini rasmiylashtiradi. Hujjatlarni rasmiylashtirish viloyat IIB naqliyotlari, Toshkent  shahar IIB naqliyoti va Qora-qalpog‘iston IIB naqliyotlari orqali amalga oshiriladi. 

Akademiyaga kirish imtihoni esa 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda abituriyentlar tegishli yo‘nalish bo‘yicha matematika, ingliz tili  hamda ona tili va adabiyot yoki tarix, ingliz tili  hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test imtihoni topshirishadi. Testlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. 

Akademiya tinglovchisiga aylan-gan talaba akademiyada kazarma sharoitida yashaydi. Kam sonli qizlargagina o‘z uylarida yoki IIBning ayollar yotoqxonasida yashashga rux-sat beriladi. Akademiyani tamomlagan talaba O‘zbekiston zobitlari safidan joy oladi va unga leytenant unvoni beriladi. Akademiyada o‘qish jarayonida o‘quvchilar nizomga mos ravishda kiyim-kechak (forma), oziq-ovqat va pul bilan ta’minlanadilar.

Militsionerlar o‘z sohalari bo‘yicha viloyat va shahar IIBlarida ishlashlari mumkin.

 

0 ta izoh

There are no comments