JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI (4-5/2010)

TASHKIL TOPISHI.


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Respublikamizning xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlari sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil qilingan. Universitetda 1300 dan ortiq talaba ta’lim oladi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2 ta akademik, 20 ta fan doktori va professorlar, 80dan ortiq fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar.

O‘QITISH.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘zining qisqa yillik faoliyati davomida xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim tizimi sababli mamlakatimizdagi eng kuchli oliy o‘quv yurtlari sirasidan joy oldi. Universitet O‘rta Osiyoda yagona hisoblanib, chuqur bilim va keng dunyoqarash talab etiladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida yurtimizni jahon arenasida munosib himoya qiladigan kadrlar tayyorlab kelmoqda.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 20 nafar fan doktori va professorlar, 80 nafardan ortiq fan nomzodlari, 100 nafardan ortiq katta o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ular o‘z bilim va tajribalarini xalqaro munosabatlar sohasida zamon talablariga, shuningdek, XXI asr - globalizatsiya va integratsiyalashuv asrining yangi iqtisodiy va siyosiy talablariga tayyor bo‘lgan kadrlarni yetishtirishga bag‘ishlayaptilar.
Bakalavriat 5 yil to‘liq ta’lim berish bilan 3 yo‘nalishda amalga oshiriladi. 2-kursni tamomlagan talabalar yozgi ta’til davomida asosiy chet tili hamda kompyuter va informatika texnologiyasi fanidan amaliyot o‘taydilar. 4-kursni tamomlagan talabalar yozgi ta’tilda o‘z soha mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshiradilar. 5-kursda o‘quv yilining ikkinchi qismi bitiruv malakaviy ishi himoyasiga tayyorgarlik amaliyotiga bag‘ish-lanadi. Har yili universitetda 200ga yaqin talaba bakalavr darajasini olmoqda. Shulardan 60% i o‘z sohasida xizmat qilib kelmoqda.

FAKULTETLAR:


XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

  •  Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
  •  Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
  •  Iqtisodiyot nazariyasi;
  •  Xalqaro savdo va investitsiyalar;
  •  XIM (ingliz tili);
  •  Matematik modellashtirish va informatika.

XALQARO MUNOSABATLAR

  •  Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
  •  Amaliy diplomatiya;
  •  Xalqaro munosabatlar;
  •  Jismoniy tayyorgarlik;
  •  XM (ingliz tili).


XALQARO HUQUQ

  •  Xalqaro huquq;
  •  Davlat qurilishi va huquq;
  •  Fuqarolik huquqi;
  •  XH (ingliz tili);
  •  Inson huquqlari, tinchlik…

TIL MARKAZI

  •  O‘zbek tili;
  •  Rus tili;
  •  Roman-german tillari;
  •  Sharq tillari.


IMKONIYATLAR.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti zamonaviy axborot texnologiyalari va ta’limning boshqa texnik vositalari, ta’lim olish uchun qo‘shimcha ma’muriy binolar hamda kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.
Talabalar bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazishlari uchun universitet qoshida zamonaviy tennis maydoni, suzish majmuasi, internet klubi, multimedia kompyuter markazlari, teatr studiyasi, kinozal, ma’naviyat va ma’rifat markazi ochilgan.
Universitet o‘zining doimiy nashri - «Xalqaro munosabatlar» jurnaliga ega. Jurnal uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi va jahondagi saksondan ortiq elchixona, universitetlar, maxsus o‘quv yurtlari, ilmiy kutubxonalarga yuboriladi.

UNIVERSITET MANZILI:

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi 54.
Tel: (99871)-267-67-69
E-mail: rektorat@uwed.uz

0 ta izoh

There are no comments