TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI (2/2010)

4

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkil topishi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-yil 28-aprelda tashkil topdi. Shu asno O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

Universitetning asosiy vazifasi.

Universitetning asosiy vazifasi Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi)da qabul qilingan ta’lim dasturlariga hamda oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan, umum e’tirof etgan xalqaro talablarga, O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq, avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish, korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

Ta’lim jarayoni.

Talabalarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.Universitetning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Fakultetlari:

  • Avtomobil injineringi;
  • Mashinasozlik texnologiyasi;
  • Energetika;
  • Sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi;
  • Sanoat va xo‘jalik qurilishi;
  • Arxitektura va dizayn.

Abituriyentlarni qabul qilish.

Abituriyentlarni qabul qilish va universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich (test shaklida).

  • matematika ( 36 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball);
  • fizika ( 36 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball);
  • mantiq (10 ta savol (ingliz tilida). Har bir to‘g‘ri javobga 1,1 ball).

Ikkinchi bosqich.
Bunda faqat birinchi bosqichdan o‘tgan abituriyentlar ingliz tilida imtihon topshiradilar.

  • writing;
  • speaking;
  • reading.

Kerakli hujjatlar:

  • attestat yoki akademik litsey, kollej diplomining asl nusxasi;
  • pasport kopiyasi;
  • 3.5 ga 4.5 rasm (8 ta)
  • 0 86 forma;
  • harbiy komissariatdan o‘tganlik haqidagi bilet kopiyasi (faqat o‘g‘il bolalar uchun);
  • yashash joyidan ma’lumotnoma.

Universitetning 2009-2010- o‘quv yillari uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi 200 kishi etib belgilangan.

Universitet manzili:

Toshkent shahri, Niyozov ko‘chasi (Kichik halqa yo‘li), 17-uy.

0 ta izoh

There are no comments