TOSHKENT SINGAPUR INSTITUTI (1/2010)

MDIS Tashkent

Toshkentdagi MDIS (Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti)ning ochilishi Prezidentimiz I.A.Karimovning  2007-yil Singapur davlatiga tashrifi bilan bog‘liq. Bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash, ilm-fan sohasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida Toshkentda Singapur institutini ochishga kelishib olindi. Bu haqdagi qaror yurtboshimiz tomonidan 2007-yil 7-sentabrda  imzolandi.

Institutning tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda  menejment, bank  ishi va moliya, biznesdagi yangi zamonaviy texnologiyalarni Fransiya, Angliya, AQSh, Avstraliya kabi davlatlar institutlari bilan tajriba almashgan holda rivojlantirishdan iboratdir.

Hozirgi vaqtda institutda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan talabalar ta’lim olmoqda. Boshqa chet davlatlar: Shimoliy Koreya, Ukraina, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan talabalar (4%) ham shu oliy o‘quv yurtida ilm sirlarini egallamoqdalar.

Toshkent Singapur instituti zamonaviy jihozlangan sinf xonalari va auditoriyalariga, kompyuter laboratoriyalariga, sport komplekslari (suzish, basketbol, volleybol, futbol, yugurish maydonlari, tennis kortlari)ga ega. Institutning umumiy maydoni 3,8 gektarni tashkil qiladi.

Zamonaviy talablarga javob beradigan talabalar uyi va 150.000 dan ortiq kitob hamda elektron manbalarga ega boy kutubxona ham talabalar ixtiyorida. Talabalar uyidagi har bir talaba alohida shaxsiy kompyuter bilan ta’minlangan. Darslar esa malakali professor o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

 

Toshkent Singapur institutida quyidagi  fakultetlar mavjud:img mdis

  • Mehmonxona ishi va turizm 
  • Bank ishi va moliya
  • Biznes marketing
  • Tadbirkorlik va menejment
  • Sanoat menejmenti

 

O‘qish shartnoma (kontrakt) yoki grant (budjet) ko‘rinishida amalga oshiriladi. Kontrakt puli barcha fakultetlar uchun 5.000$ (davlat kursi bo‘yicha). Grantga kirgan talabalar o‘z zimmalariga 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar.

 

Toshkent Singapur institutiga kirish uchun talablar:

Boshlang‘ich (birinchi) kursga qabul qilinuvchilarga:

  • 11- sinfni tamomlash;
  • eng kamida “yaxshi” bahoga , ya’ni 4 bahoga bitirganlik haqida o‘rta maktab attestati yoki akademik litsey va kollej diplomi ;
  • IELTS 5.0 yoki TOEFL 500 (sertifikat yoki daliliy hujjat bilan);

Ikkinchi kursga qabul qilinuvchilarga:

  • O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligiga qarashli xohlagan oliy o‘quv yurtining eng kamida 1 yoki 2 kursini tugatgan bo‘lishi;
  • I va yuqori kurslarni  eng kamida “yaxshi” bahoga, ya’ni 4 bahoga bitirganlik haqida hujjat (inglizcha tarjimasi bilan);
  • IELTS 6.0 yoki TOEFL 550 (sertifikat yoki daliliy hujjat bilan)

Yuqoridagi talablarga javob bera oladiganlar institutga imtihonsiz qabul qilinadilar.

Bu talablarga javob bera olmaydiganlar uchun Toshkent Singapur institutiga kirish imtihonlari 2010-yilning 3-avgustidan  9-avgustigacha davom etadi. Imtihon ingliz tilida 3 bosqich: “Listening”, “Writing” va ingliz tilida erkin insho yozish tarzida o‘tkaziladi.

      Kerakli hujjatlar:

  • attestat yoki akademik litsey, kollej diplomi kopiyasi (Notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart) yoki asl nusxasi;
  • passport kopiyasi;
  • 3.5 ga 4.5  rasm (8 ta)
  • 0 86 – forma;
  • harbiy komissariatdan o‘tganlik haqidagi bilet kopiyasi (faqat o‘g‘il bolalar uchun);
  • yashash joyidan ma’lumot-noma;

Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti haqidagi boshqama’lumotlarni www.mdis.uz saytidan oilshingiz mumkin.

 

0 ta izoh

There are no comments