Kompyuter muhandisi (1/2010)

computer engineering seminar topicsJamiyat rivojlanib borishi asnosida hayotimizga yangi-yangi texnologiyalar kirib keladi. Bu esa mazkur texnologiyalar bo‘yicha muhandislarga talab uyg’otadi. Hayotimizga kompyuter deya atalmish mo‘jiza kirib kelganiga ancha bo‘ldi. Shuning barobarida ushbu sohada ham mutaxassislar yetishib chiqa boshladi.

Ko‘pchilik kompyuterni uch oylik kurslarda o‘qib o‘rgansa bo‘ladi, degan tushuncha bilan yashaydi. Agar kompyuterni shu kurslar orqali to‘liq o‘rganishning imkoniyati bo‘lganida edi, balki oliy o ‘quv yurtlaridagi Kompyuter texnolo-giyalari fakultetlariga ehtiyoj bo‘lmas edi. Yuqorida tilga olingan kurslarda kompyuter haqida boshlang‘ich bilimlar beriladi. U yerdan faqatgina kompyuter operatori, ya’ni kimlardir tomonidan tuzib qo‘yilgan dasturlarni ishlata oluvchi kishi yetishib chiqadi.

Hozirgi kunda har bir soha kompyuter ustalariga ehtiyoj sezmoqda. Kompyuter muhandisligining bir necha turlari mavjud. Ularga dasturchilar, kompyuter tizimlari muhandislari, kompyuterlararo aloqa o‘rnatish (set) muhandislari, texnik jihozlar muhandislarini kiritishimiz mumkin.

Kompyuter bilan foydalanuvchi orasidagi aloqani, albatta, kompyuter dasturlari ta’minlaydi. Bu dasturlarning qulay va ixcham bo‘lishi dasturchining mahoratiga bog‘liq. Dasturchilar kompyuter foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida ish olib borishadi. Biz hozirgi kunda yuzlab dasturlardan foydalanamiz. Ularga misol tariqasida hisoblash dasturlari, grafik dasturlar, matn muharrirlarini keltirishimiz mumkin. Bu dasturlarning barchasi qaysidir dasturchi tomonidan tuzilgan.

Dasturchilik chuqur mantiqiy fikrlash, matematika va geometriya kurslarini to‘liq egallashlikni talab qiladi. Dasturchi qaysi soha bo‘yicha dastur tuzadigan bo‘lsa, avval shu sohani o‘rganib chiqishga majbur bo‘ladi.

Bizda kompyuter operativ tizimi deganda ko‘pincha Windows dasturi tushuniladi. Aslida, undan tashqari ham bir necha operativ tizimlar mavjud. Ular orasidagi farq, qulaylik jihatlari, ularning ta’miri tizimchilar tomonidan o‘rganiladi. Qaysi yerda qaysi tizimni ishlatishni ham ular tavsiya qilishadi.

Ish joylari kattalashib borgani sari u yerda kompyuterlar orasida bog‘lanishga talab kuchayib boradi. Bu yerda axborotlarning bir joyda jamlanishi muhim hisoblanadi. Shu sababli bog‘lanishli ishlaydigan dasturlarga ham ehtiyoj bo‘ladi. Bu kabi muammolar bog‘lanish (set) muhandislari yordamida hal qilinadi. Ularning asosiy vazifasi bog‘lanishni tashkil qilish hisoblanadi. Bu soha vakillari asosan axborot bazasini ko‘proq o‘rganishadi. Chunki kompyuterlarning bog‘lanishini tashkil qilishdan asosiy maqsad axborot bazasini tashkil qilish hisoblanadi. Bundan tashqari, bu soha vakillari bog‘lanish tuzish qurilmalari bilan ham ishlashadi. Eng zamonaviy qurilmalarni ishlatish uchun ulardan boxabar bo‘lishlari va ishlatilishini o‘rganishlari darkor bo‘ladi.

Kompyuter muhandisligining eng qiyin qismi uning texnik qurilmalarini o‘rganishdir. Ko‘rinishidan juda oddiy hisoblangan kompyuter qurilmalari, aslida, anchagina murakkab sxemalar va elementlardan tashkil topgan. Bizga sodda ko‘rinishga keltirilgan holda sotilayotgan qurilmalar, aslida, qaysidir muhandis tomonidan yaratilib, keyin bizga jo‘natilmoqda. Mantiqiy fikrlashi va ijodkorligi juda ham kuchli bo‘lgan bizning xalqimiz shu sohani yaxshilab o‘rgansa va bu qurilmalarni shu yerda ishlab chiqarsh yo‘lga qo‘yilsa, har tomonlama foydali bo‘lar edi. Qurilmaning ichki tuzilishini va ishlash prinsipini bilgan bir muhandis uni ishlab chiqara oladi ham.

Respublikamizning har bir sohasida axborot texno-logiyalari rivojlanib borayotgani sababli kompyuter muhan-dislarining ish joylarini chegaralab bo‘l-maydi. Ular har bir sohada kerak bo‘lishadi.

Kompyuter muhandisi bo‘lish orzusida yurgan abituriyentlarimiz Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim olishlari mumkin. Kompyuter qurilmalarini yaxshi o‘rganish orzusida yurgan abituriyentlarimiz uchun esa Toshkent davlat texnika universitetining Elektronika avtomatika va hisoblash tizimlari fakulteti juda qo‘l keladi. Bundan tashqari, Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutlarida ham axborot texnologiyalari yo‘nalishi mavjud. Bu fakultetlarda o‘qish uchun matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshirish kerak bo‘ladi.

 

0 ta izoh

There are no comments